UZ RU EN    

Akusherlik-ginekologiya va neonatologiya

Ginekologiya va neonatologiya

Akusherlik, ginekologiya va neonotologiya kafedrasi 2025 yil sentyabr oyida faoliyat boshlagan. Ayni vaqtda ushbu kafedrani Ismoilova Shoira Tolkunovna boshqarib kelmoqda. Kafedra akusherlik, ginekologiya va neonotologiya ilmiy-o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish va fanlarni mutaxassislik asosida qayta taqsimlash natijasida tashkil topdi. Ushbu qadam universitetning xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy tibbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasidagi strategik istiqbolini ko‘rsatadi.

Hozirgi kun kafedrada 1-nafar tibbiyot fanlari doktori,professor, 2-nafar falsafa fanlari doktorlari, 2-nafar katta o’qituvchi, 8 nafar kafedra assistentlari, 1nafar laborant faoliyat olib borishmoqda. Kafedra talabalarga asosiy tayanch bo’luvchi tibbiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish uchun zamonaviy o‘quv dasturlarini taqdim etadi. Xususan kafedraning asosiy yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar: Akusherlik va ginekologiya– Ayollar jinsiy tizimlari fiziologiyasi va patologiyasi, homiladorlik va homiladorlik paytida ayollar organizmida kechuvchi jarayonlar, homiladorlik va tugruqni olib borishni o’rganadi. Neonotologiya– bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning sog‘lig‘ini saqlash va davolash, shu jumladan, tug‘ruqdan keyingi davrda yuzaga keladigan turli patologiyalarni tashxislash va davolashga qatilgan tibbiyot sohasi.

Kafedraning maqsadlari

Akusherlik va ginekologiya va neonatologiya sohasida malakali shifokorlar tayyorlash. Talabalarda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Kafedra, homiladorlikning fiziologik va patologik jarayonlarini chuqur o‘rganish, onalik va bolalik o‘limining oldini olish uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Talabalarga onalik va homiladorlikning turli holatlarini amaliy tarzda tushunishga yordam berish, simulyatsiyalar orqali klinik ko‘nikmalarni mustahkamlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish usullarini o‘rgatish. Talabalarda ginekologik va aksushtirlik amaliyotlarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, bemorlarni samarali davolash va ularning salomatligini saqlashda ilmiy asoslangan yondashuvni qo‘llashga tayyorlash. Ayollar reproduktiv tizimi kasalliklarining oldini olish, tashxislash va davolash. Homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda ona va bola salomatligini muhofaza qilish. Zamonaviy tibbiyot yutuqlari asosida uzluksiz ta’limni rivojlantirish. Zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar, interaktiv metodlar, simulyatsion texnologiyalar va boshqa innovatsion ta’lim usullaridan foydalanish orqali xalqaro ta’lim standartlariga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlash. Akusherlik va ginekologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Kafedraning asosiy vazifalari

1. O‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish: Aksushtirlik ginekologiya va neonatologiya bo‘yicha yangi, zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va dasturlarni ishlab chiqish, ularni doimiy ravishda yangilab borish.
2. Amaliy va laboratoriya darslari bazasini shakllantirish: Zamonaviy tibbiyot texnologiyalari, o‘quv simulyatorlari, ginekologik va aksushtirlik amaliyotlarining eng so‘nggi usullarini o‘z ichiga olgan laboratoriya va amaliy darslarni rivojlantirish.
3. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish: Kafedra professor-o‘qituvchilari uchun ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilishga imkon beruvchi platformalarni yaratish.
4. Ilmiy tadqiqotlar olib borish va natijalarni e’lon qilish: Aksushtirlik va ginekologiya sohasidagi yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, natijalarni ilmiy nashrlarda e’lon qilish, shuningdek, soha bo‘yicha ilmiy konferensiyalar tashkil etish.
5. Talabalarni ilmiy ishlarga jalb qilish: Talabalar va doktorantlar uchun ilmiy ishlarni (konferensiyalar, ilmiy maqolalar) tashkil etish va ularga rahbarlik qilish, ginekologiya va aksushtirlik sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etishga yo‘naltirish. 6. Integratsiyani ta’minlash: Tibbiyot fanlari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani rivojlantirish, ginekologiya va aksushtirlikni umumiy tibbiyot tizimiga singdirib, kelajak shifokorlarini jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassis sifatida tayyorlash.

Kafedraning xalqaro aloqalari

Kafedra a’zolari quyida keltirilgan chet el davlatlari o’quv yurtlari bilan muntazam aloqalarni yo’lga qo’ygan: Rossiya - Akademik I.P.Pavlov nomidagi 1-Sankt Peterburg davlat tibbiyot universiteti, Gruziya- Tbilisi davlat tibbiyot universiteti

Kafedrada yo’lga qo’yilgan ilmiy ishlar va yo’nalishlar

Aksushtirlik va ginekologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib borish, shuningdek, homiladorlik, tug‘ruq jarayonlari va reproduktiv salomatlik bilan bog‘liq dolzarb masalalarni o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra, ginekologiya va aksushtirlik amaliyotlarini rivojlantirishda ilg‘or ilmiy yondashuvlarni qo‘llaydi va mutaxassislarning kasbiy malakalarini oshirish uchun ilmiy tadqiqotlarni kengaytiradi. Xozirgi kunda kafedrada “Homilador ayollarda rezus-immunizatsiyasi paytida homila va yangi chaqaloqning sitokin holatini xususiyatlari”, “Oligogidramniozda amniotik suyuqlik metabolitlarining diagnostik ahamiyati”, “Homilador ayollarda qo’g‘оanoq pardalarining tug‘ruqdan oldin yorilishida tug.ruq induksiyasi samaradorligini monitoringgida exodopplerografiyaning roli”, 9ta magistrlik dissertaciya ishlari olib borilmoqda.

Ilmiy izlanishlar yo‘nalishlari

1. Homiladorlik va tug‘ruq jarayonlarining fiziologik va patologik tomonlari: Homiladorlikning rivojlanishi, tug‘ruqni boshqarish va komplikatsiyalarni oldini olish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni monitoring qilishda zamonaviy usullarni ishlab chiqish.
2. Reproduktiv tizim patologiyalari va ularning davolash usullari: Ginekologik kasalliklar (miomalar, endometrioz, polikistik tuxumdon sindromi va boshqa kasalliklar) hamda ularni davolash usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
3. Biotexnologiyalar va zamonaviy davolash usullari: Yangi biotexnologik yondashuvlar, ayniqsa reproduktiv salomatlikni tiklash va homiladorlikni boshqarishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash.

Laboratoriya mashg‘ulotlari va asbob-uskunalar

Hozirgi kunda, aksushtirlik va ginekologiya bo‘yicha barcha modullarda zamonaviy laboratoriya mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. Laboratoriya jarayonlari uchun yangi zamon talablariga javob beradigan asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan, shu jumladan:
• Ultratovushli skanerlash apparatlari (ultrasonografiya) homiladorlik va ginekologik kasalliklarni tashxislashda keng qo‘llaniladi.
• Ginekologik va aksushtirlik simulyatorlari talabalarga realistik sharoitda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkonini beradi.
• Genetik va biotexnologik uskunalar homiladorlik jarayonlarini o‘rganish va reproduktiv salomatlikni baholashda ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash imkonini beradi.
• Laparoskopik va histeroskopik tizimlar – ginekologik amaliyotlarni, jumladan, endoskopik jarrohliklarni o‘tkazishda zamonaviy texnologiyalar.
Bundan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy tadqiqotlarini doimiy ravishda rivojlantirish va yangi bilimlarni o‘rganish maqsadida xalqaro ilmiy konferensiyalar va seminarlarni tashkil etadi. Yangi zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar orqali talabalarga ilmiy va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish kafedraning asosiy vazifalaridan biridir.

Kafedra mudiri
  • Teacher

    Lavozim: Kafedra mudiri

    ORCID:

    Telefon: (+998) 90-563-72-72

    Ismoilova Shoira Tolkunovna 1972 yil 13 iyulda Farg’ona viloyati, Farg’ona shahrida tug’ilgan. 1995 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini davolash ishi fakultetini tamomlagan va shu yili Farg’ona viloyat tugruq uyida vrach interna lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 1996-1999 yy....

O'qituvchilar
  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon:

    2016-2022 y Toshkent Tibbiyot akademiyasi 2022-2024 y Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot institutini (Ordinatura) tamomlagan. 2022 - 2023 yy. – Farg‘ona shahar 1-oilaviy poliklilnika UASh 2024 - yildan buyon Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universtitetida assistant lavozimi...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: 91-653-12-39

    Sharipova Gulmira Alisherovna 1987 yil 23 martda Farg‘ona viloyati Marg’lon shaharida tug‘ilgan. 2011 yil Andijon davlat tibbi`t inistituti, Davolash fakultetini, 2014- yil akusherlik ginekalogiya yo‘nalishida ordinaturani tamomlagan.
    SHaripova Gulmira Alisherovna mehnat faoliyat...

  • Lavozim: Katta o'qituvchi

    ORCID:

    Telefon: (+998) 93-643-05-69

    Abdukarimova Nozima Toshpo’latovna 1979-yilda namangan shahrida tug’ilgan. 2002-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan va shu yildan boshlab quyidagi mehnat faoliyatlari bilan shug’ullanib kelmoqda: 2005-2010yy. - O‘zbekiston Respublika sog‘likni saqlash vazirligi akusher...

  • Lavozim: Kafedrasi professori

    ORCID:

    Telefon: +998 94 699 64 02

    Djabbarova Yulduz Qosimovna 1943-yilda Qo’qon shahrida tug’ilgan. 1967 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan va shu yildan boshlab quyidagi mehnat faoliyatlari bilan shug’ullanib kelmoqda. 1967-1970 yy. - Toshkent davlat tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya kafedra ...