Kafedraning asosiy vazifasi
Kafedraning asosiy vazifasi – xalqparvar davlatning eng asosiy maqsadi bo’lmish-kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirishda o’z hissasini qo’shish bilan birga, chuqur bilim va malakaga,yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo’lgan raqobatbardosh kadrlarni tayorlash,o’z mutaxassisliklarining moxir ustasi bo’lishlarida asosiy klinik oldi va klinik modullarni o’qitish orqali yurtimizga munosib, yuqori malakali kadrlarni yetkazib berishdan iborat.
Rivojlangan davlatlardagi tibiy ta’lim sohasiga e’tibor bersak, ta’limni tibbiyot tizimi bilan itnegratsiyasini ko’rish mumkin. Yani, ta’lim, amaliyot-yuqori sifatli tibbiyot texnologiyasidir. Shu asosda CAMU tibbiyot universiteti Belarusiya, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Koreya davlatlari bilan o’zoro hamkorlik shartnomalarni imzoladi. Shartnomalarga muvoffiq tuzilgan “Yo’l xaritasi“ si asosida belgilangan pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning xorijiy davlatlarda stajirovkadan o’tishini yo’lga qo‘yish, kafedraning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirishga komaklashish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID:
Telefon: (+998) 91 678 66 24
Kenjayev Olimjon Obidjonovich 1989 yil 27 dekabrda Farg’ona viloyati, Qo`shtepa tumanida tug’ilgan. 2014-yilda yilda Andijon davlat tibbiyot institutini Davolash ishi umumiy amaliy shifokor fakultetini tamomlagan. Kenjayev Olimjon Obidjonovich mehnat faoliyatini 2014 yil Marg`ilon shahar 3-sonli oilaviy poliknikada UASH lavozimida boshlagan. 2014-2017- yillari Andijon davlat tibbiyot instituti Terapiya yo`nalishi bo`yicha magisraturani tamomlagan. 2017- yili Farg`ona viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi Terapevt shifokori. 2018- yili Toshkent shahar vrachlar malakasini oshirish instituti Pulmonologiya kafedrasi kursanti. 2018-2025-yillari Farg`ona viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi Pulmonologiya bo`limi vrach ordinatori. 2022 yil noyabr oyidan CAMU tibbiyot universiteti, Asistenti va 2025 yildan “Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda Biofizika va tibbiyot texnikalri fanlarini o'qitish bo’yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega. U 15 dan ortiq Xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. Hozirgi kunda Belarussiya Respublikasi BNTU, “Politexnik” ilmiy-texnologik parki”innovasion unitar korxonasi bilan xamkorlikda “CoCr asosli tibbiy materiallarni termik va Elektron kimyoviy ishlov berilgandan so‘ng mexanik xususiyatlari va biologik moslashuvchanligini o‘rganish” ilmiy-amaliy loyhalar ustida ish olib bormoqda.