Fiziologiya va Farmakologiya kafedrasi 2025 yil sentyabr oyida, Fiziologiya va farmakologiya kafedrasining ilmiy-o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish va fanlarni mutaxassislik asosida qayta taqsimlash natijasida tashkil topdi. Ushbu qadam universitetning xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy tibbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasidagi strategik istiqbolini ko‘rsatadi.
Hozirgi kun kafedrada 2-nafar falsafa fanlari doktorlari, 2-nafar katta o’qituvchi va 10 nafar mutaxasislar faoliyat olib borishmoqda.
Kafedra talabalarga asosiy tayanch bo’luvchi tibbiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish uchun zamonaviy o‘quv dasturlarini taqdim etadi. Xususan kafedraning asosiy yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar:
• Normal fiziologiya – sog‘lom organizmning hayot faoliyati va uning turli funktsiyalarining mexanizmlarini o‘rganish.
• Patologik fiziologiya – kasallik paydo bo‘lish mexanizmlari (patogenez), funktsional buzilishlar va organizmning kompensator reaktsiyalarini o‘rganish.
• Farmakologiya – dori vositalarining organizmga ta’siri, ularning tarqalishi, metabolizmi va qo‘llanilishining ilmiy asoslarini o‘rganadi.