UZ RU EN    

Gigiyenik va tibbiy jarayonlarni modellashtirish

Gigienik va tibbiy jarayonlarni modellashtirish

«Gigiyenik va tibbiy jarayonlarni modellashtirish» kafedrasi 2023 yil avgust oyida Central Asian Medical University - Xalqaro tibbiyot universiteti qoshida tashkil topdi. Ayni vaqtda ushbu kafedrani Muxtarov Farrux Muhammadovich boshqarib kelmoqda.
Hozirgi kun kafedrada asosiy shtatda 1 nafar professor, 1- dotsenti v.v.b., 5 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar assistant o’qituvchilar hamda 1 nafar kafedra lobaranti faoliyat olib borishmoqda.

Kafedraning asosiy vazifasi

Kafedraning asosiy vazifasi – xalqparvar davlatning eng asosiy maqsadi bo‘lmish-kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shish bilan birga, chuqur bilim va malakaga, yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan raqobatbardosh kadrlarni tayorlash, o‘z mutaxassisliklarining moxir ustasi bo‘lishlarida asosiy klinik oldi va klinik modullarni o‘qitish orqali yurtimizga munosib, yuqori malakali kadrlarni yetkazib berishdan iborat. Rivojlangan davlatlardagi tibiy ta’lim sohasiga e’tibor bersak, ta’limni tibbiuot tizimi bilan itnegratsiyasini ko‘rish mumkin.
Yani, ta’lim, amaliyot-yuqori sifatli tibbiyot texnologiyasidir. Shu asosda CAMU tibbiyot universiteti Belarusiya, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Koreya, Qirg’iziston davlatlari bilan o‘zoro hamkorlik shartnomalarni imzoladi. Shartnomalarga muvoffiq tuzilgan „Yo‘l xaritasi“si asosida belgilangan pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning xorijiy davlatlarda stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, kafedraning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirishga komaklashish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.

Kafedraning xalqaro aloqalari

Kafedra a’zolari quyida keltirilgan chet el davlatlari o‘quv yurtlari bilan muntazam aloqalarni yo‘lga qo‘ygan:
- Koreya Respublikasi Chonnam Universiteti
- Belarussiya Respublikasi BNTU
- Qirg‘iziston tibbiyot oliygohlari.

Kafedrada yo‘lga qo‘yilgan ilmiy ishlar va yo‘nalishlar

Kafedrada tibbiyot mutaxassisliklari; biofizika, travmatologiya, ortopediya, yurak jarrohligi va biotexnologiyalar yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib boorish yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi kunda barcha modullardan laboratoriya mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yangi zamon talablariga javob beradigan asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan.

Joriy yildan buyon kafedra quyidagi natijalarga erishdi:

• Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra kafedra o‘qituvchilarining nashrlarga iqtiboslari 78 ta;
• Xalqaro ilmiy jurnallarda (“Veb of Sciyencye”, “Scopus” bazasiga va OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda) chop etilgan maqolalar 45 tani, Xalqaro ilmiy konferensiyalardagi tezislar 71 tani tashkil etdi;
• Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar (OAK) 43-ta, respublika xalqaro anjumanlari va konferensiyalardagi maqolalar 65 tani tashkil etdi;
• Kafedrada Belarussiya Respublikasi BNTU, “Politexnik” ilmiy-texnologik parki”innovasion unitar korxonasi bilan xamkorlikda “CoCr asosli tibbiy materiallarni termik va elektrokimyoviy ishlov berilgandan so‘ng mexanik xususiyatlari va biologik moslashuvchanligini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda. Bu borada hozirgi kunga qadar 2 ta “Scopus” bazasidagi va 4 ta Xalqaro ilmiy jurnallar va konferensiyalarda maqolalar chop etildi.

Kafedra mudiri
  • Teacher

    Lavozim: Kafedra mudiri

    ORCID: 0000-0001-6638-7373

    Telefon: (+998) 94-392-44-99

    Muxtarov Farrux Muhammadovich 1980-yil 12-martda O'zbekistonning Farg'ona viloyatida tug'ilgan. 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini (kunduzgi), 2006-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini (magistratura), 2009-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini (magistratura) tamomlagan. Muxtarov Farrux Muhammadovich 2006-2007-yillarda Toshkent axborot texnol...

O'qituvchilar
  • Teacher

    Lavozim: Assistent

    ORCID: Orcid: 0009-0008-8119-595X

    Telefon: +998 91 117 66 30

    2013 - 2017 yillari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, Kompyuter injiniringi yo‘nalishini tamomlab, Kompyuter injiniringi (kompyuter injiniringi, AT-servis) mutaxassisligini olgan. Shuningdek u 2018 – 2020 yillarda Farg‘ona politex...

  • Teacher

    Lavozim: Assistent

    ORCID: 0009-0007-1332-6041

    Telefon: +998 94 466 12 21

    2010 Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Farg‘ona Filiali Tibbiy prafilaktika ishi fakultetini tugatgan. 2023 yil Fargona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti Laboratoriya ishi ordinatura yo‘nalishi yo‘nalishini tamomlagan.
    Komilov Zafarbek Mirzaolimovich mehnat faoliyatini 2011 yil Quvasoy s...

  • Teacher

    Lavozim: Assistent

    ORCID: 0009-0005-2631-7334

    Telefon:

    Kuramatova Shaxlo Azizjon qizi mehnat faoliyatini 2020 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Iqtidorli yoshlar bilan ishlash sektori muxandisi lavozimida boshlagan. 2021-2022 yilari Farg‘ona Jamoat salomatligi Instituti “Tibbiy va biologik kimyo”kafedrasi o‘qituvchisi, 2022 y...

  • Teacher

    Lavozim: Katta o'qituvchi

    ORCID: 0009-0001-7951-712X

    Telefon:

    Teshaboyev Umidjon Abdukarimovich 1978 yil 28 - oktyabrda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. 1996-2002 yil 2 - Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filialining “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini tamomlagan.
    Teshaboyev Umidjon Abdukarimovich mehnat faoliyatin...

  • Teacher

    Lavozim: Katta o'qituvchi

    ORCID: 0009-0001-5097-3594

    Telefon:

    Yakubov Axmadjon mehnat faoliyatini 1982 yilda Farg’ona viloyati Qo‘shtepa tumani Sanitar Epidimiologiya Stansyasi Sanitariya vrachi lavozimida boshlagan. 1990-1997 yillarda Farg’ona viloyati Qo‘shtepa tumani Sanitar Epidimiologiya Stansyasi Sanitariya Bo‘limi Mudiri, 1997-2003 yillarda Fa...

  • Teacher

    Lavozim: Katta o'qituvchi

    ORCID: 0009-0007-0213-1302

    Telefon:

    Axunjonova Xakimaxon Abdumannabovna 1975 yil 05 iyulda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlog‘i Ziyolilar mahallasida tug‘ilgan.1992 yil Farg‘ona Davlat universiteti Tibbiy profilaktika ishi fakultetiga o‘qishga kirib, 1998 yilda 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutini muvaffaq...

  • Teacher

    Lavozim: Katta o'qituvchi

    ORCID: 0009-0004-7263-3875

    Telefon:

    Ermatova Gulnara Axmadovna 1976 yil 21 noyabrda Qirg‘iziston, Batken viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda II-Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg’ona filiali Tibbiy profilaktika ishi fakultetini tamomlagan. Ermatova Gulnara Axmadovna 2000-2017 yy. II-Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg’o...

  • Teacher

    Lavozim: dotsenti v.v.b

    ORCID: 0000-0001-6223-103X

    Telefon: +99890 536 24 45

    Parpiyeva Odinaxon Raxmanovna mehnat faoliyatini 1999 yil Farg‘ona viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokori lavozimida boshlagan. 2000-2015 yillarda Farg‘ona davlat universiteti Tibbiy bilim asoslari kafedrasi o‘qituvchisi, katta o’qituvchisi, 2015-2018 yillarda Farg‘ona davlat un...

  • Teacher

    Lavozim: Assistent

    ORCID: 0009-0005-7429-4843

    Telefon: +998 94 449-99-66

    2008-2012 yillari Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg‘ona filiali Informatika va Axborot texnologiyalari fakultetini tamomlab, dasturchi mutaxassisligini olgan. Shuningdek u 2020-2022 yillarda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Televizion-...

  • Teacher
    Sotiboldiyev Shokirdjon Umarovich | Simulyatsiya markazi direktori | istambek88@mail.ru

    Lavozim: Simulyatsiya markazi direktori

    ORCID: 0009-0002-4856-721X

    Telefon: (+998) 90 166-72-20

    Sotibildiyev Shokirjon Umarovich Farg‘ona viloyati Beshariq tumani ziyoli oilada tug‘ilgan. 1997 yilda Farg‘ona davlat universiteti tibbiyot fakulteti tibbiy-muhandislik ishi mutaxasisligini tugatgan.
    Sotibildiyev Shokirjon Umarovich mehnat faoliyatini 1997 yilda Farg‘ona xarbiy gospit...

  • Teacher

    Lavozim: Katta o'qituvchi

    ORCID:

    Telefon: +998881217479

    Mamajonov Ma’rufjon Muxtorovich 1973 yil Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, oyilali, ikki nafar farzandli. 1994-1999 yillari II-Toshkent Davlat Tibbiyot instituti Farg‘ona filali Tibbiy muhandis fakultetini tamomlab, Tibbiy muhandislik ishi mutaxassisli...