Kafedraning asosiy vazifasi
Kafedraning asosiy vazifasi – xalqparvar davlatning eng asosiy maqsadi bo‘lmish-kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shish bilan birga, chuqur bilim va malakaga, yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan raqobatbardosh kadrlarni tayorlash, o‘z mutaxassisliklarining moxir ustasi bo‘lishlarida asosiy klinik oldi va klinik modullarni o‘qitish orqali yurtimizga munosib, yuqori malakali kadrlarni yetkazib berishdan iborat. Rivojlangan davlatlardagi tibiy ta’lim sohasiga e’tibor bersak, ta’limni tibbiuot tizimi bilan itnegratsiyasini ko‘rish mumkin.
Yani, ta’lim, amaliyot-yuqori sifatli tibbiyot texnologiyasidir. Shu asosda CAMU tibbiyot universiteti Belarusiya, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Koreya, Qirg’iziston davlatlari bilan o‘zoro hamkorlik shartnomalarni imzoladi. Shartnomalarga muvoffiq tuzilgan „Yo‘l xaritasi“si asosida belgilangan pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning xorijiy davlatlarda stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, kafedraning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirishga komaklashish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID: 0000-0001-6638-7373
Telefon: (+998) 94-392-44-99
Muxtarov Farrux Muhammadovich 1980-yil 12-martda O'zbekistonning Farg'ona viloyatida tug'ilgan. 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini (kunduzgi), 2006-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini (magistratura), 2009-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini (magistratura) tamomlagan. Muxtarov Farrux Muhammadovich 2006-2007-yillarda Toshkent axborot texnol...