Hozirgi kunda kafedra tarkibida 1 nafar professor, 2 nafar dotsent, 1 nafar PhD, 1 nafar katta o‘qituvchi, 11 nafar mutaxassis o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Kafedra quyidagi muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan:
• Janubiy Koreya Respublikasi — Chonnam National University
• Turkiya Respublikasi OTMlari
• Qirg‘iziston tibbiyot oliy ta’lim muassasalari
• Toshkent davlat jahon tillari universiteti
Shuningdek, CAMU doirasida Belarus, Rossiya, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Hindiston va boshqa davlatlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda.
Ilmiy faoliyat va yo‘nalishlar
Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib boriladi:
• Tibbiyotda xorijiy til
• Lotin tili va tibbiy terminologiya
• Tibbiy diskurs va professional kommunikatsiya
Kafedra zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, fanlardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
• Xalqaro iqtiboslar: 200+
• Scopus, Web of Science va OAK jurnallaridagi maqolalar: 20 ta
• Xalqaro konferensiya tezislari: 60 ta
• Respublika ilmiy jurnallari (OAK): 20 ta
• Elektron dasturlar, ma’lumotlar bazalari va mualliflik huquqi guvohnomalari: 20 ta
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID:
Telefon: +99893 6463576
Shokirova Maxbuba Nazirgu’lomovna 1976 yil 28 dekabrda Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Andijon Davlat Chet tillar Pedagogika Inistituti Roman German fakultetini tamomlagan.
Ayni vaqtda CAMU xalqaro tibbiyot universiteti “Tillar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda. Maxbuba Shokirova filologiya, fransuz hamda lotin tili va tibbiy terminologiya fanlarini o‘qitish bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega. U 60 dan ortiq Xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida ilmiy maqola va tezislar chop ettirdi. Shu bilan birga 4ta o‘quv qo‘llanma, 5 tilli “Rasmli lug‘at” 2ta monografiya, 2ta darslik nashr ettirdi. “Scopus” bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 4 ta maqola chop ettirdi. Hozirgi kunda Rossiya Fransiya, Koreya va Qirg‘iziston davlatlari oliygoxlari bilan xalqaro ilmiy xamkorlikda faoliyat olib boradi.Xalqaro (fransuz tili) DALF,DELF C1 til bilish darajasiga ega.
Hozirgi kunda SCIENSE AND INNOVATION xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.