Kafedraning asosiy vazifalari
• Tibbiy biologiya, tibbiy kimyo, biokimyo, mikrobiologiya fanlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish;
• Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini zamonaviy jihozlangan auditoriyalarda tashkil etish;
• Ta’limni tibbiyot amaliyoti va ilmiy tadqiqotlar bilan integratsiyalash;
• Iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish.
CAMU doirasida kafedra quyidagi xorijiy OTMlar bilan hamkorlik qiladi:
• Koreya Respublikasi — Chonnam National University;
• Belarus Respublikasi — BNTU;
• Qirg‘iziston — Qirg‘iziston tibbiyot instituti.
Hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” asosida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, xorijiy stajirovkalar, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlar amalga oshirilmoqda.
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID:
Telefon: (+998) 90-407-74-00
G‘aniyev Komolidin Xalilovich 1974 yil 3 dekabrda Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Farg‘ona davlat universitetining “Bioekolog, bioekologiya-ximiya” o‘qituvchisi mutaxassisligini imtiyozli tamomlagan.
G‘aniyev Komolidin Xalilovich mehnat faoliyatini 1997yil - Farg‘ona davlat universiteti zoologiya kafedrasi shogirt- tadqiqotchisi lavozimida boshlagan, 1998-1999 yil oraligida Farg‘ona davlat universiteti zoologiya kafedrasi katta lobaranti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 1999-2001 yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti aspiranturasida taxsil olgan. 2002-2004 yillari Farg‘ona davlat universiteti zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi o‘qituvchisi, 2004-2009 yillarda Farg‘ona davlat universiteti Tabiiyot fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2009-2011 yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti zoologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2011-2016 yillarda Farg‘ona davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan. 2016-2022 yillarda Farg‘ona davlat universiteti biologiya kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2023 yil sentyabr oyidan CAMU tibbiyot universiteti “Tibbiy kimyo va biologik fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
G‘aniyev Komolidin Xalilovich biologiya va kimyo fanlarini o‘qitish bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega. U 70 dan ortiq Xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. Hozirgi kunda “Shimoliy-sharqiy O‘zbekiston shiralari (Homoptera, Aphidinea): faunasi, genezisi va ekologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi (DSc) ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.