Kafedraning asosiy vazifasi
Kafedraning asosiy vazifasi – xalqparvar davlatning eng asosiy maqsadi bo’lmish-kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirishda o’z hissasini qo’shish bilan birga, chuqur bilim va malakaga,yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo’lgan raqobatbardosh kadrlarni tayorlash,o’z mutaxassisliklarining moxir ustasi bo’lishlarida asosiy klinik oldi va klinik modullarni o’qitish orqali yurtimizga munosib, yuqori malakali kadrlarni yetkazib berishdan iborat.
Rivojlangan davlatlardagi tibbiy ta’lim sohasiga e’tibor bersak, ta’limni tibbiuot tizimi bilan itnegratsiyasini ko’rish mumkin. Yani, ta’lim, amaliyot-yuqori sifatli tibbiyot texnologiyasidir. Shu asosda CAMU tibbiyot universiteti Belarusiya, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Koreya davlatlari bilan o’zoro hamkorlik shartnomalarni imzoladi.
Shartnomalarga muvoffiq tuzilgan “Yo’l xaritasi“ si asosida belgilangan pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning xorijiy davlatlarda stajirovkadan o’tishini yo’lga qo‘yish, kafedraning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirishga ko`maklashish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.
Kafedraning xalqaro aloqalari
Kafedra a’zolari quyida keltirilgan chet el davlatlari o’quv yurtlari bilan muntazam aloqalarni yo’lga qo’ygan:
• Koreya Respublikasi Chonnam Universiteti
• Belarussiya Respublikasi BNTU
• Qirg’iziston tibbiyot oliygoxi
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID:
Telefon: (+998) 906307730
1986 yil 20 may Farg’ona shahar, Farg’ona shahrida tug’ilgan. 2013 yilda Andilon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Musayev Farxodjon Tohirovich mehnat faoliyatini 2006-2013 yil Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi 2013-2016 yillar Andijon davlat tibbiyot institute magistranti 2016 yil avgust oyidan Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazi Farg’ona filiali qabul diagnostika bo’limi vrach-terapevti 2017 yil aprel oyidan Farg’ona viloyt Kup tarmoqli tibbiyot markazi pulmonologiya bo’limi davolovchi shifokor 2024 yil sentabr 2024 yil iyulgacha CAMU “1-Ichki kasalliklar kafedra’’si assistenti (1,0st) 2025 yil sentyabrdan CAMU “Ftiziatriya va pulmonologiya, metabolik kasalliklar”kafedrasi mudiri.
2025 yildan boshlab xozirgi kunda Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universtiteti Tibbiyot fakulteti Terapiya Pulmonologiya fani o‘qituvchisi,Kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.