Kafedraning asosiy vazifasi
Kafedraning asosiy vazifasi – xalqparvar yurtboshimizning eng asosiy maqsadlaridan biri bo’lmish-kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirishda o’z hissasini qo’shish bilan birga, chuqur bilim va malakaga, yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo’lgan raqobatbardosh kadrlarni tayorlash, o’z mutaxassisliklarining moxir ustasi bo’lishlarida asosiy klinik oldi va klinik modullarni o’qitish orqali yurtimizga munosib, yuqori malakali kadrlarni yetkazib berishdan iborat.
Rivojlangan davlatlardagi tibbiy ta’lim sohasiga e’tibor bersak, ta’limni tibbiyot tizimi bilan integratsiyasini ko’rish mumkin, yani, ta’lim amaliyot-yuqori sifatli tibbiyot texnologiyasidir. Shu asosda CAMU tibbiyot universiteti Belarusiya, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Koreya davlatlari bilan o’zoro hamkorlik shartnomalarni imzoladi.
Shartnomalarga muvoffiq tuzilgan “Yo’l xaritasi“ asosida belgilangan pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning xorijiy davlatlarda stajirovkadan o’tishini yo’lga qo‘yish, kafedraning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirishga komaklashish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.
Kafedraning xalqaro aloqalari
Kafedra a’zolari quyida keltirilgan chet el davlatlari o’quv yurtlari bilan muntazam aloqalarni yo’lga qo’ygan:
Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Lopatkin Universiteti
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID:
Telefon: (+998) 90 632 57 22
Egamberdiyev Dilmurod Kamolitdinovich 2002-2009-yillarda. Toshkent tibbiyot akademiyasining "Kasb ta’limi (davolash ishi) " yo‘nalishi talabasi. 2009-2011-yillarda. Moskva urologiya ilmiy-tadqiqot institutining klinik ordinatori. 2011-2013-yillarda. Moskva urologiya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti.
Egamberdiyev Dilmurod Kamolitdinovich mehnat faoliyatini 2002-2009-yillarda. Toshkent ...