Hozirda CAMU rektori Nurillo Shukrullayevich Mamasadikov boshchiligidagi delegatsiya Harvard University rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda. Jumladan, trasplantologiya bo'limi transplantologi professor Stefan G. Tullius bilan uchrashib, kelejakda transplantologiya bo'yicha hamkorlik amalga oshirish rejalar ustida muzokaralar o'tkazishdi. Harvard University xalqaro aloqalar bo'limi hodimlari bilan ham ikkala universitet o'rtasidagi aloqalarni bog'lash va hamkorlikni amalga oshirish bo'yicha kelishuv amalga oshirildi.
Harvard Medical School, Brigham and Womens’ Hospital transplantatsiya jarrohlik bo'limi doktaranti Muhammad Kayumov ikkala universitet o’rtasida aloqalarni o’rnatishdagi xizmatlari uchun CAMU faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.
.