Central Asian Medical University rektori Nurillo Shukrullayevich Mamasadikov, prorektori Botirov Murodjon Turgunboyevich va fakultet dekani Xayrillo Obidjonovich Mamarizayevlar Qirg’iziston Respublikasida ilmiy-amaliy tashrif bilan bo’lmoqda. Kuni kecha universitet delegatsiyasi Osh shahrida bo’lib, Osh xalqaro tibbiyot universiteti va Osh davlat universiteti raxbariyati bilan ilm va ta’lim sohasida tajriba almashish, talaba va professor-o’qituvchilar akademik mobilligi masalalarida muzokaralar olib bordi. Universitetlarning texnik bazalari bilan tanishdi.
.