Zamonaviy tibbiyot amaliyotida bolalar nevrologiyasi yo‘nalishi alohida ahamiyat kasb etadi. Asab tizimi kasalliklarini erta aniqlash, diagnostika qilish va samarali davolash usullarini takomillashtirish pediatrik xizmat sifatini oshirishning muhim omillaridan biridir. Mazkur kurs shifokorlar, pediatrlar, nevropatologlar, oilaviy shifokorlar hamda tibbiyot muassasalari mutaxassislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bolalarda uchraydigan nevrologik kasalliklarning zamonaviy diagnostikasi, differensial tashxis, davolash va reabilitatsiya masalalarini qamrab oladi.