Dermatovenerologiya — teri va uning qo‘shimchalari kasalliklari hamda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarni o‘rganish, tashxislash, davolash va oldini olishga qaratilgan tibbiyotning muhim yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi yillarda dermatologik kasalliklar, allergik va autoimmun dermatozlar, shuningdek, infeksion kasalliklarning ko‘payishi ushbu sohada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash zaruratini yanada oshirmoqda. Mazkur ordinatura dasturi dermatovenerologiya yo‘nalishida chuqurlashtirilgan nazariy bilim va amaliy klinik ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, tinglovchilarni zamonaviy diagnostika, davolash va profilaktika usullarini qo‘llashga tayyorlaydi.