UZ RU EN    

Endokrinologiya

Endokrinologiya

Endokrinologiya — organizmda gormonal muvozanatni ta’minlovchi endokrin bezlar faoliyatini, ularning kasalliklarini, diagnostika va davolash usullarini o‘rganadigan zamonaviy tibbiyot yo‘nalishidir. Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, metabolik sindrom, semizlik va boshqa gormonal buzilishlarning keng tarqalishi ushbu sohada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab etmoqda. Mazkur klinik ordinatura dasturi tinglovchilarga endokrin kasalliklarni chuqur o‘rganish, zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash hamda bemorlarni kompleks boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.