"Zakovat" intellektual o‘yini CAMU’da doimiy ravishda tashkil etilib, talabalar va ustozlarning bilim va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. "Zakovat" nafaqat bilim bellashuvi, balki iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual muhitni shakllantirishda muhim platforma hisoblanadi. O‘yin davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, yangi bilim va tajribalarga ega bo‘ladilar.