CAMU
Xolmatov Murodjon Sobirovich 1989-yil 19-fevralda Farg`ona viloyati Oxunboboyev tumanida tug`ilgan.
2017-yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Davolash fakulteti Davolash ishi yo’nalishini tamomlagan.
2024-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Dermatovenerologiya” mutaxassisligi bo’yicha magistratura bosqichini tamomlagan.
Xolmatov Murodjon Sobirovich mehnat faoliyatini 2017-yilda Farg`ona viloyati Qo’shtepa tuman Tibbiyot birlashmasi 85-QOP da uchastka terapevti sifatida boshlagan. 2017-2021 yy. Tez Tibbiy Yordam bo’limida chaqiruvga chiquvchi vrach lavozimida ishlagan.
2024-yildan boshlab xozirgi kungacha Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti Tibbiyot fakulteti “Yuqumli kasalliklar va dermatovenerologiya” kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.
