CAMU
Boyigitov Sultonali Sodiqovich 1972 yil 20 yanvar Rishton tumani Qayrag‘och qishlog‘ida tavallud topganman. Oilada 9-farzandman. 1989 yilda Rishton tamunidagi Ushinskiy nomli 10 maktabni tugatganman. 1990 yilda O‘rta Osiyo Pediatriya institutiga o‘kishga kirib 1996 yil tamomlaganman.
Ish faoliyatim 1997 yil Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga reanimatsiya bo‘limi vrach reanimotolog vazifasi bilan boshlaganman. 1998 yildan 2012 yilgacha bolalar diareya bo‘limi boshlig‘i vazifasida, 2012 yildan xozirgi kungacha bosh vrach lavozimida ishlab kelmoqdaman.
Tibbiyot sohasidagi mehnat stajim 28 yil, viloyatda aholi salomatligini saqlash, yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish va ularga qarshi chora-tadbirlarni ko‘rish borasida mehnat qilib kelayotgan shifokorlardanman.
Adolat sotsial demokratik partiya azosi.
