UZ RU EN    

O'qituvchilar

Komolidinov Boburjon Ma’rufjon o‘g‘li

O‘qituvchi |

Komolidinov Boburjon Ma’rufjon o‘g‘li 1991 yil 10- oktyabrda Farg’ona viloyati, Dang‘ara tumanida tug’ilgan. 2018 yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Davolash ishi fakultetini tamomlagan.
Komolidinov Boburjon Ma’rufjon o‘g‘li mehnat faoliyatini 2020-yil Andijon shaxrida Medical Pro klinikasida navbatchi shifokor lavozimida boshlagan, 2022-2023-yillari - Farg‘ona shaxrida joylashgan Urjuza Ko‘z kasalliklari shifoxonasida otorinolaringolog shifokor sifatida ıshlagan. 2024-2025 yılları Farg‘ona shaxrida joylashgan Farg‘ona Medical Center shifoxonasida otorinolaringolog shifokor sifatida ıshlagan. 2025-yil oktabr oyidan boshlab Farg‘ona shaxrida joylashgan Madad shifoshifoxonasida otorinolaringolog shifokor sifatida ishlab kelmoqda
2024 yil sentabr oyidan CAMU tibbiyot universiteti Xirurgik Kasalliklar kafedrasida assistant lavozimida ishlab kelmoqda.
Otorinolaringologiya sohasida juda katta bilimlarni egallab kelmoqda, xususan 2025-yil fevral oyida o‘tkazilgan MOSCADAVER kursida rinologiyaga bag‘ishlangan yangicha zamonaviy tashrixlarni o‘zlashtirdi. Bundan atshqari 2025-yilda avgust oyida Toshkent shaxrida o‘tkazilgan UZCADAVER kursida qatnashib yangi bilimlarni egalladi. 2025 yil noyabr oyidaToshkent shaxrida o‘tkazilgan UZCADAVER SKULL BASE kursida qatnashib tashrix vaqtida kuzatiladigan asoratlar va ularni qay tarzda bartaraf qilish haqida zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirdi. Va nihoyat 2026-yil yanvar oyida Toshkent shaxrida o‘tkazilgan UZCADAVER kursning RINOSEPTOPLASTIKAga bag‘ishlangan qismida ishtirok etib uning mohiyati va asoratlari haqida yangi zamonaviy bilimlarni egallashga erishdi.

0
Joriy talabalar
0
Malakali o'qituvchilar
0
Tasdiqlangan kurslar
0
Bitiruvchilar