CAMU
Karimov Kuddusjon Abduxayatovich 1960-yil 22-mayda Farg’ona viloyati Rishton tumanida tug’ilgan. 1983-yili Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash ishi yo’nalishini, 1984-yili Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazlari psixiatriya xizmati bo‘yicha Farg‘ona viloyat filialida Psixiatrlik bo’yicha internaturani tamomlagan.
Karimov Kuddusjon Abduxayatovich mehnat faoliyatini 1984-1988-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazlari psixiatriya xizmati bo‘yicha Farg‘ona viloyati filiali vrach-psixiatri, 1988-2008-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazlari psixiatriya xizmati bo‘yicha Farg‘ona viloyat filiali direktor o‘rinbosari sifatida ishlagan.
2008-yildan hozirgi vaqtgacha Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazlari psixiatriya xizmati bo‘yicha Farg‘ona viloyat filiali direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
2025-yildan CAMU xalqaro tibbiyot universiteti “Bolalar xirurgiyasi va ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedrasi assistenti bo’lib ishlab kelmoqda.
