CAMU
Axmedova Matluba Muxammadjonovna 1953 yil 15 dekabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2009 yil Fargona davlat instituti, Biologiya yo‘nalishida magistraturani tamomlagan.
Axmedova Matluba Muxammadjonovna mehnat faoliyatini 1970-1976 yillar Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi,1976-1980 yillar Farg‘ona viloyati Avval qishlog‘ shifoxonasida shifokor-pediatr, 1981-1984 yillar Farg‘ona tuqimachilik kombinati poliklinikasi shifokor- pediatr, 1984-1986 yillar Toshkent davlat tibbiyot instituti “Bolalar kasalliklari” kafedrasi klinik-ordinatori, 1986-1990 yillar Toshkent davlat tibbiyot instituti “Bolalar kasalliklari” kafedrasi assistenti. 1990-1996 yillar Farg‘ona davlat universiteti Tibbiyot markazi “Xirurgiya” kafedrasi assistenti, 1996-1998 yillar Farg‘ona shaxar Bolalar shifoxonasi 4-poliklinikasida shifokor- allergolog, 1998-2015yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida “Ichki kasalliklar profilaktikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi, 2015-2017 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Oliy xamshiralik nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o`qituvchisi, 2017-2018 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Ichki kasalliklar” kafedrasi katta o`qituvchisi, 2018-2025 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “1-ichki kasalliklar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan.
2025 yildan boshlab xozirgi kunda Central Asian Medical University Xalqaro tibbiyot universtiteti Pediatriya fakulteti Allergologiya fani o‘qituvchisi laozimida ishlab kelmoqda.
