CAMU
Ro’ziboyev Axmadjon Valijonovich 1989 yil 3-avgust sanasida O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati, Oxunboboyev tumanida tavallud topgan. 2007-2014 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Tibbiy pedagogika fakultetini, 2014-2016 yillarda Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahrida joylashgan “A.N.Bakulev nomidagi yura-qon tomir xirurgiyasi ilmiy markazi” da “Rentgenendovaskulyar tashxislash va davolash” yo’nalishi bo’yicha ordinaturani tamomlagan. 2017 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish intitutida “Kardiologiya” va 2018 yilda “Terapiya va kardiologiyada funksional diagnostika” yo’nalishlari bo’yicha qayta tayyorlov kurslarida o’qigan.
Ro’ziboyev Axmadjon Valijonovich mehnat faoliyatini 2017-yili Farg‘ona viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida poliklinika kardiologi, 2019- yildan shu kunga qadar shu markazning “Intervension kardiologiya” bo’limida intervension kardiolog va funksional diagnostika bo’limida ExoKG vrachi lavozimlarida ishlab kelmoqda. Ikkinchi toifali vrach intervension kardiolog.
2025 yildan boshlab hozirgi kunga qadar Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universtiteti Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda
