"Central Asian Medical University" xalqaro tibbiyot universitetining "ODOB-AXLOQ KODEKSI"
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi 2020 yil 23 sentyabrdagi "Ta’lim to‘g‘risida"gi 637-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 5590-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 fevraldagi 14-son tezkor yig‘ilishi bayoni, 2022 yil 24 mart kunidagi 88-sonli “Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy Qoidalari”, Yoshlarga oid davlat siyosatining Qonun va qonunosti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2012 yil 21 maydagi 139-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2021 yil 29 noyabrdagi 506-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy- ma’naviy muhit holatini yanada barqarorlashtirish to‘g‘risida”gi qaror va buyruqlari, CAMU «CENTRAL ASIAN MEDICAL UNIVERSITY» Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Universitet oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchi va boshqa xodimlari (texnik, yordamchi), talaba-magistrantlari, doktorantlari (keyingi o‘rinlarda – xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Yuklab olish