CAMU
Tibbiyot fakulteti universitetning asosiy va yetakchi tarkibiy bo'linmalaridan biri bo'lib, sog'liqni saqlash tizimi uchun yuqori malakali, raqobatbardosh va zamonaviy tibbiyot xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
Fakultetda o'quv jarayoni milliy va xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq tashkil etilgan bo'lib, nazariy bilimlar amaliy mashg'ulotlar, klinik amaliyot va simulyatsion mashg'ulotlar bilan uyg'unlashtirilgan.
Tibbiyot fakultetining asosiy maqsadi - jamiyat salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladigan, zamonaviy tibbiy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan hamda raqamli texnologiyalardan foydalana oladigan malakali shifokorlarni tayyorlashdir.