UZ RU EN    

Moliya bo'limi

Moliya bo'limi

Markaziy Osiyo tibbiyot universitetida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, universitetning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog'liq masalalarni hal etish, ilmiy faoliyat uchun mablag'larni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish va oliy ta'lim muassasalari o'rtasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida rejalashtirish va moliya bo'limi tashkil etildi.

Moliya bo'limining asosiy maqsadi universitetning iqtisodiy va ta'lim faoliyatini rejalashtirish orqali moliyaviy barqarorlikni ta'minlashdir.

Bo'limning asosiy vazifalari:

  • ta'lim xizmatlari bozoridagi talabni hisobga olgan holda to'lov-kontrakt asosida o'qitish narxini belgilash
  • talabalar tomonidan shartnoma mablag'larini to'lash muddatlarini belgilash va uzaytirish
  • zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana oladigan va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan mahalliy va xorijiy professor-o'qituvchilar va mutaxassislarni shartnoma asosida o'quv jarayoniga jalb qilish; bozor kon'yunkturasini hisobga olgan holda o'quv va ilmiy jarayonlarda ishtirok etayotgan xorijiy yuqori malakali mutaxassislarning mehnatiga haq to'lash miqdorini belgilash to'g'risida qarorlar qabul qilish
  • professor-o'qituvchilar tarkibi birliklarini joriy etish mezonlarini ishlab chiqish
  • o'z mablag'lari hisobidan talabalar uchun stipendiyalar va grantlar ajratish
  • bo'sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko'rsatish tartibini belgilash
  • oliy ta'lim muassasasining uzoq muddatli va o'rta muddatli strategik rivojlanish dasturini ishlab chiqish
  • oliy ta'lim muassasasining o'rta muddatli biznes-rejasini va moliya yili uchun universitetning daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqish
  • moliyaviy nazorat choralarini xolisona va mustaqil ravishda amalga oshirish
  • har chorakda belgilangan tartibda universitet rektoriga va ta'sischilar kengashiga mablag'lardan foydalanish to'g'risida hisobot taqdim etish

  • Moliya bo'limi universitetning moliyaviy va iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish orqali uning iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Bo'lim boshlig'i
    • Teacher

      Lavozimi: Bo’limi boshlig`i

      ORCID:

      Telefon: (+998) 90-535-70-39

      Matyaqubov Sarvar Anvarjonovich – Iqtisod va moliya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis. U 1989-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2011-yilda Farg‘ona Politexnika institutini Iqtisodiyot yo’nalishi bo’yicha bakalavr, 2023-yilda institutni magistraturasini tamomlagan.
      Mehnat faoliyati davomida bank, moliya tizimlarida samarali faol...