Ta’lim dasturlari
Universitetimiz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro talabalarni tayyorlaydi:
• Davolash ishi
• Pediatriya
• Stomatologiya
• IT yo`nalishi
Har bir yo‘nalish zamonaviy o‘quv dasturlari va klinik amaliyot bilan boyitilgan.
Ta’lim tillari
Talabalar quyidagi tillardan birini tanlash imkoniga ega:
• O‘zbek tili
• Rus tili
• Ingliz tili
Bu esa turli davlatlardan kelgan talabalar uchun qulaylik yaratadi.
Nima uchun bizni tanlash kerak?
• Xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimi
• Tajribali professor-o‘qituvchilar
• Zamonaviy laboratoriya va klinik bazalar
• Xorijiy talabalar uchun moslashuv dasturlari
• Yotoqxona va xavfsiz yashash muhiti
Biz nafaqat bilim beramiz, balki sizning professional kelajagingizni qurishda yordam beramiz.
Talaba hayoti
Universitetda xorijiy talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qulay yotoqxona, sport va madaniy tadbirlar, do‘stona muhit sizning tez moslashuvingizga yordam beradi.
Talabalar turli millat vakillari bilan muloqot qilib, global tajriba orttiradilar.
Qabul va qo‘llab-quvvatlash
Qabul jarayoni oddiy va shaffof. Universitetimiz sizga quyidagi bosqichlarda yordam beradi:
• Hujjatlarni topshirish
• Qabul jarayoni
• Viza olish
• Ro‘yxatdan o‘tish
• Moslashuv jarayoni
Lavozimi: Bo’limi boshlig`i
ORCID:
Telefon: (+998) 91 671-90-10
Ismoilova Sayora Tolkinovna 1986-yil 9-noyabrda Farg'ona shahrida ziyolilar oilasida tug'ilgan. Millati o'zbek. 1993-2003-yillarda Farg'ona shahar iqtisodiyot va huquq gimnaziyasida tahsil olgan.
2003-2007 o'quv yillarida Farg'ona davlat universitetida filologiya (ingliz tili) yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini, 2014-2016-yillarda esa til...