UZ RU EN    

Onkologiya va tibbiy radiologiya

Onkologiya va tibbiy radiologiya

“Onkologiya va tibbiy radiologiya” kafedrasi Central Asian Medical University (CAMU) — Xalqaro Tibbiyot Universiteti qoshida 2022-yil 3-oktabrda faoliyat boshlagan bo‘lib, 2025-yil sentyabr oyida alohida kafedra sifatida tashkil etildi. Hozirgi kunda kafedraga PhD, dotsent Sulaymanov Dilshod Abduraximovich rahbarlik qilmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 1 nafar falsafa fanlari doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar malakali mutaxassis faoliyat olib bormoqda.

Kafedraning asosiy vazifasi

Kafedraning asosiy vazifasi — kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirishga hissa qo‘shish, chuqur bilim va yuksak kasbiy-axloqiy fazilatlarga ega, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ta’lim jarayonida asosiy klinikoldi va klinik fan modullari o‘qitiladi.
CAMU tibbiyot ta’limini amaliy sog‘liqni saqlash tizimi bilan integratsiyalashgan holda olib boradi. Shu asosda universitet Belarus, Rossiya, Germaniya, Turkiya va Koreya Respublikasi bilan xalqaro hamkorlik shartnomalarini imzolagan.
Tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” asosida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, xorijiy stajirovkalarni tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish ishlari olib borilmoqda.

Ilmiy faoliyat

Kafedrada onkologiya va tibbiy radiologiya yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Barcha modullar bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

Erishilgan natijalar:

• Xalqaro iqtiboslar: 5 ta
• Scopus, Web of Science va OAK ro‘yxatidagi jurnallarda maqolalar: 1 ta
• Xalqaro konferensiya tezislari: 3 ta

Kafedra mudiri
  • Teacher

    Lavozim: Kafedra mudiri

    ORCID:

    Telefon: (+998) 911305550

    Sulaymanov Dilshod Abduraximovich 1979 yil 18 dekabrda Farg’ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug’ilgan. 1997 yilda Andijon davlat meditsina institutini tamomlagan.
    Sulaymanov Dilshod Abduraximovich mehnat faoliyatini 2004-2006 yillarda Farg‘ona shahar Markaziy shifohonasi kattalar shifohonasida maxalla vrachi, 2005-2007 yillar Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti onkologiya kafedrasida klinik ordinatura, 2007-2010 yıllar Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti onkologiya kafedrasida 3 yillik ospirantura, 2010-2011 yillar Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti onkologiya kafedrasi stajor izlanuvchi, 2008-2011 yillar Toshkent viloyat o‘sma kasalliklar dispanseri tashkiliy uslubiy bo‘lim statist shifokor, 2012-2015 yillar Fargʼona viloyat onkologiya dispanseri ximioterapiya bo’lim vrachi, 2015-2015 yillar Fargʼona viloyat onkologiya dispanseri poliklinika vrach onkolog, 2015-2018 yillar Fargʼona viloyat onkologiya dispanseri ximioterapiya bo’lim vrach onkolog, 2018-2019 yillar RIO va RIATM Farg’ona viloyat filiali Bosh-bo’yin tayanch xarakatlanish va bolalar onkologiyasi bo’limi boshlig’i, 2019-x/v q Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy –amaliy tibbiyot markazi Farg’ona viloyat filiali Bosh-bo’yin tayanch xarakatlanish va bolalar onkologiyasi bo’limi vrach onkolog, 2024-2025 yillar Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Urologiya va onkologiya kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimlarida ishlab kelgan.
    2025 yil avgust oyidan CAMU tibbiyot universiteti “Onkologiya va tibbiy radiologiya” kafedrasida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
    Onkologiya fanlarini o'qitish bo’yicha 18 yildan ortiq tajribaga ega. U 20 dan ortiq Xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida ilmiy maqola, tezis, monografiya va Onkologiya fanidan o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.Hozirgi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi va Toshkent Milliy Markazi bilan xamkorlikda ilmiy ishlar olib borilmoqda.

O'qituvchilar