Xirurgiya va klinik fanlar kafedrasi Central Asian Medical University tarkibidagi muhim o‘quv-ilmiy bo‘linmalardan biri bo‘lib, zamonaviy tibbiyotning nazariy va amaliy yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Kafedra faoliyati ilg‘or pedagogik texnologiyalar va xalqaro tibbiy ta’lim standartlari asosida tashkil etilgan.
Mazkur kafedra rahbari — dotsent Rayimov G‘ayratjon Nabiyevich bo‘lib, u o‘zining ilmiy va amaliy tajribasi orqali kafedrada sifatli ta’lim tizimini shakllantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Kafedra faoliyati talabalarda chuqur klinik tafakkur, kasbiy kompetensiya va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlar — simulyatsion treninglar, klinik vaziyatlarni tahlil qilish, muammoga yo‘naltirilgan ta’lim (PBL) hamda raqamli platformalardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID:
Telefon: (+998) 97-944-30-03
G‘ayratjon Nabievich 1960-yil 18-yanvarda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Nursux qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1977-yilda umumta’lim maktabini oltin medal bilan tamomlab, 1984-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini bitirgan. Shundan so‘ng uch yil davomida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani markaziy tuman shifoxonasida jarroh shifokor s...