UZ RU EN    

Axborot-resurs markazi (ARM)

Axborot-resurs markazi (ARM)

Universitetimizda faoliyat yuritayotgan Axborot-resurs markazi (ARM) o'quv jarayonini yuqori sifatli axborot resurslari bilan ta'minlash hamda talabalar va professor-o'qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

ARM zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilgan bo'lib, an'anaviy va elektron axborot resurslarini o'z ichiga oladi. 2025-yilda “KOXO LMS” tizimi o'rnatildi va 11,000 dan ortiq kutubxona fondi RFID teglari bilan jihozlandi. Markaz shuningdek, 1 ta RFID o'quvchi (RFID workstation shielded EU) va 1 ta kitob hisoblash qurilmasi (WiFi stick) bilan ta'minlangan.

Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari

  • talabalar va professor-o'qituvchilarni o'quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlash
  • bosma va elektron darsliklar, o'quv qo'llanmalar, monografiyalar va ilmiy jurnallar fondini shakllantirish
  • milliy va xalqaro elektron ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyatini taqdim etish
  • axborot qidiruvi va bibliografik xizmatlarni taklif qilish
  • mustaqil ta'lim va ilmiy tadqiqotlar uchun qulay sharoitlar yaratish
  • Axborot resurslari:

  • ARM fondi: Umumiy fond - 13,556 nusxa, o'zbek tilida - 10,402, rus tilida - 2,834 va ingliz tilida - 320
  • CAMU jurnallari va gazetalari
  • elektron kitoblar va ma'lumotlar bazalari
  • multimedia o'quv materiallari
  • Elektron xizmatlar:

  • elektron katalog va onlayn qidiruv tizimi
  • kompyuterlar va Internetdan foydalanish
  • elektron darsliklar va ilmiy ma'lumotlar bazalariga masofaviy kirish
  • akademik va ilmiy ishlarni rasmiylashtirish bo'yicha maslahatlar
  • Axborot-resurs markazining o'quv zallari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan hamda o'qish uchun tinch va qulay muhitni ta'minlaydi. ARM ochiq fond va “KOXA” dasturi asosida ishlaydi, bu esa barcha foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratadi.

    Kutubxona mudiri
    • Teacher

      Position: Bo'lim boshlig'i

      ORCID:

      Telefon: (+998) 91-158-50-22

      Abdusaitova Gulmira Yulchiyevna-Axborot resurs markazida katta tajribaga ega mutaxassis.U1984-yil Farg’ona shaxrida tug’ulgan.2023-yilda Farg’ona politexnika institutini tamomlagan.
      Mehnat faoliyati davomida 2000-2023yy 6-MTM metodisti 2006-2013yy“Vatanparvar”tashkiloti 1-tibbiy yordam fan o’qituvchisi, 2013-2023“Quva ustoz o’r...

    • Teacher

      Position: kutubxonachi

      ORCID:

      Telefon: (+998) 90 272-25-15

      Babaxanova Gulshanoy Baxromovna - Ma’lumoti o’rta. 2018 yil Farg’ona Pedagogika kolledjini tamomlagan (kunduzgi). Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi Axborot -resurs markazi kutubxonachisi. 2012-2013 yy Farg’ona davlat universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseyi operatori. 2013-2014 yy Farg’ona davlat universiteti qoshidagi 3-so...

    0
    Umumiy kitob fondi
    0
    O'quv adabiyotlari
    0
    Badiiy adabiyotlar
    0
    Ilmiy adabiyotlar