UZ RU EN    

The News

“MERIDIAN DIAGNOSTIK HOSPITAL” DA XOTIN-QIZLAR BEPUL KO’RIKDAN O’TKAZILDI.

Central Asian Medical University rektori Nurillo Shukrullayevich Mamasadikov tashabbusi bilan 102 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi 

 

Central Asian Medical University rektori, “MERIDIAN DIAGNOSTIK HOSPITAL” klinikasi ta’sischisi Nurillo Shukrullayevich Mamasadikov tomonidan aholining salomatligini mustahkamlash yo‘lida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. 

 

Xususan, aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, xorijiy tajribalar asosida raqobatbardosh tibbiy texnologiyalar va yetuk mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar e’tirofga loyiq. 

 

Shu maqsadda, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan universitetimizning “MERIDIAN DIAGNOSTIK HOSPITAL” klinikasida keng qamrovli bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 

 

Ko‘rik davomida ginekolog, mamolog, travmatolog, stomatolog, jarroh, kardiolog kabi mutaxassislar tomonidan 102 nafar fuqaro tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. 

 

Natijada 9 nafar fuqaroning ginekologik kasalliklari, 6 nafarining mamologiya bo‘yicha muammolari, 2 nafarining esa UZI tekshiruv natijasida sog‘lig‘ida muammolar aniqlanib, ularga malakali davolanish tavsiya etildi. 

 

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”da mehnat qilayotgan 50 nafar ayol hamda “Yormozor”, “Yangisoy”, “Juydam” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 52 nafar xotin-qizlar ushbu bepul tibbiy ko‘rikdan mamnun bo‘ldilar. 

 

Ushbu tashabbus jamiyatimizda salomatlikni asrash, kasalliklarning erta oldini olish va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

.

C:\xampp\htdocs\camuf\news_post.php on line 494
">Back
Comments
Leave a comment