UZ RU EN    

The News

Central Asian Medical University rahbariyati Izmirdagi uchrashuvda ishtirok etdi

2025-yil 10-aprel sanasida Central Asian Medical University rektori professor Nurillo Shukrullayevich Mamasadikov hamda prorektor Murodjon Turgunboyevich Turkiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasasi — Izmir Tinaztepe Universitetiga tashrif buyurdi.

 

Tashrif doirasida ular universitet rektori, professor Mustafa Ğüvencer bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. Muloqot davomida tibbiy taʼlim, ilmiy-tadqiqot loyihalari, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

 

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda oʻtdi. Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

.

C:\xampp\htdocs\camuf\news_post.php on line 494
">Back
Comments
Leave a comment