O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona shahrida joylashgan "Central Asian Medical University" xalqaro tibbiyot universiteti jamoasi 2025-yil 29-may kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod shahrida joylashgan Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida universitetimiz rektori Mamasadikov Nurillo Shukrullayevichga Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universiteti Kengashining qaroriga asosan "Universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik ishlarini rivojlantirganligi hamda ilmiy sohadagi faoliyati uchun" Faxriy professorlik unvoni berildi.
.