26-fevral kuni universitetimizda “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida universitet rektori N.Sh.Mamasadikov talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi Tadbir avvalida oliygoh rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar, yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mamlakatimiz yoshlarining xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar hamda sport musobaqalarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari yuksak e’tirof etilayotgani ta’kidlandi Yoshlar tomonidan ta’lim, tibbiyot, IT va ijtimoiy sohalarga oid innovatsion g‘oyalar keng yoritib berildi. Har bir loyiha atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning amaliy ahamiyati, istiqbollari hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilindi.