UZ RU EN    

Новости

Bitiruv oqshomi

Tibbiyot yo‘lida ilk qadamlardan — haqiqiy fidoyilik sari.
Kecha yurtimiz tibbiyot sohasining kelajakdagi fidoyi shifokorlari uchun unutilmas tun bo‘ldi.

Tibbiyot universitetining bugungi bitiruvchilari hayotlaridagi eng muhim bosqichlardan birini ortda qoldirishdi. Bitiruv kechasi esa ularning mehnat, sabr va fidoyat bilan o‘tgan talabalik yillariga munosib yakun bo‘ldi.

Ustozlar duosi, do‘stlar tabrigi, yorqin lahzalar, samimiy quvonch va kelajakka ishonch bilan yo‘g‘rilgan bu kecha bitiruvchilarning qalbida abadiy iz qoldirishi shubhasiz.

Ushbu unutilmas lahzalardan fotolavhalar sahifamizda joy oladi.

Aziz bitiruvchilar, sizlarni chin dildan tabriklaymiz. Oldingizda — katta hayot, og‘ir, ammo sharafli yo‘l turibdi. Qadamlaringiz sobit, niyatlaringiz ezgu bo‘lsin.

.

Назад
Комментарии
Oставить комментарий