UZ RU EN    

Новости

CENTRAL ASIAN MEDICAL UNIVERSITY GERMANIYADA XALQARO HAMKORLIK DOIRASINI KENGAYTIRMOQDA

Germaniyaga amalga oshirilgan amaliy tashrif doirasida Farg‘ona viloyati delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish yo‘lida qator muhim kelishuvlarga erishdi..

.

Tashrif davomida universitetimiz rektori Nurillo Shukrullayevich Mamasadikov boshchiligida Germaniyaning nufuzli tibbiyot tashkilotlari – MetCare24 GmbH kompaniyasi va Germany Medical Institute bilan umumiy qiymati 5 million yevro bo‘lgan shartnomani imzoladi..

.

Mazkur hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:.

 • shifokorlar va tibbiyot xodimlarini zamonaviy standartlar asosida o‘qitish;.

 • tibbiy tajriba va innovatsion yutuqlar bilan almashish;.

 • bemorlarni ijtimoiy dasturlar asosida davolash;.

 • xalqaro klinik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish..

.

Ushbu kelishuvlar universitetimiz faoliyatida sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab beradi. Shu bilan birga, Farg‘ona viloyati aholisi uchun zamonaviy, sifatli va xalqaro standartlarga mos tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi..

.

Central Asian Medical University, rektor Nurillo Shukrullayevich Mamasadikov rahbarligida, xalqaro maydonda o‘z mavqeini mustahkamlash, tibbiyot ta’limi va amaliyotida ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonga olib kirish maqsadida kelgusida ham faol hamkorlik siyosatini davom ettiradi.

.

Назад
Комментарии
Oставить комментарий