UZ RU EN    

Новости

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Saidahror Saidahmedovich G‘ulomov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Central Asian Medical University tibbiyot universitetida 2024 yil, 1 - mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Saidahror Saidahmedovich G‘ulomov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Akademik professor-o‘qituvchilarga va talabalarga “2024 yil - Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan “O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishda va bolalarni individual qobiliyatini o‘stirishda “Aqlli tibbiyotni” roli” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Shu bilan birga iqtisod fanlari doktori, professor Shermuxammedov Abbos Toirovich professor-o‘qituvchilarga “Tibbiyotda kibernetika va sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida master klass o‘tkazdi.
S.S. G‘ulomov universitetdagi sharoitlar va moddiy texnika bazasi bilan tanishdi.
Uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Universitet ma’muriyati akademik Saidahror Saidahmedovich G‘ulomovga va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rahbariyatiga o‘zining minnatdorchiligini bildiradi.
.

C:\xampp\htdocs\camuf\news_post.php on line 494
">Назад
Комментарии
Oставить комментарий