2024 yil 2 mart kuni Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi, akademik Pavlov nomidagi 1-Sankt Peterburg tibbiyot universiteti professori Rossiya anatomlar, gistologlar va embriologlar Ilmiy tibbiy jamiyati vitse-prezidenti Radik Magzinurovich Xayrullin Central Asian Medical University tibbiyot universitetida bo‘ldi.
Xorijiy mehmon universitetda yaratilgan sharoitlar yuqori darajada tashkil etilganligidan mamnun bo‘ldi hamda 1 kurs rus va ingliz guruh talabalariga Normal anatomiya fanidan muammoli ma’ruza o‘tdi.
Kelgusida universitetlar o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va innovatsiya bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
.