Talabalarning taʼtil davrini sermazmunli tashkil etish maqsadida Fargʻona viloyati, Yu.Shakarjonov nomli drama teatrida, universitetimizning “CAMU teatr jamoasi” tomonidan sahnalashtirilgan, U.Azim qalamiga mansub “Kunduzsiz kechalar” spektakli namoyish etildi.
Mazkur tadbirga viloyat maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshligʻi M.Sulaymonov, “Yoshlar agentligi” viloyat boʻlimi rahbari M.Gʻaniyev, universitetizning professor-o’qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etdi.
Spektakl namoyishidan soʻng, teatr jamoasi aʼzolari rektorimiz tomonidan taqdirlandilar.
.