UZ RU EN    

Yangiliklar

    Xitoy davlati Shanxay shahrida joylashgan "Microport Scientific Corporation " xalqaro kompaniyasi 1998 yildan boshlab, yangi innovatsion tibbiyot jihozlarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Ushbu kompaniyaning yillik daromadi 850 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

    Bugungi kunda masofadan xirurgik, urologik, ginekologik, travmatologik, pediatrik, endovaskulyar yuqori intelektual amaliyotlarni o'tkazishga mo'ljallangan Toumai laproskopik xirurgik robot xarid qilish uchun universitet rektori Nurillo Shukrullayevich Mamasadikov va prorektori Murodjon Turgunboyevich Botirov hamda Farg'ona viloyatida robotik operatsiyalar bo'yicha yagona mutaxassis Doniyorjon Ibroximovich Yuldashev bilan birgalikda Xitoydagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Yaqin kunlarda universitet klinikasiga ushbu yuqori texnologik robotlarni xarid qilish rejalashtirildi.

.

C:\xampp\htdocs\camuf\news_post.php on line 494
">Orqaga
Izohlar
Izoh qoldiring