Kafedraning asosiy vazifasi
Kafedraning asosiy vazifasi – xalqparvar davlatning eng asosiy maqsadi bo’lmish-kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirishda o’z hissasini qo’shish bilan birga, chuqur bilim va malakaga,yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo’lgan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, o’z mutaxassisliklarining moxir ustasi bo’lishlarida asosiy klinik oldi bilimlar va klinik modullarni o’qitish orqali yurtimizga munosib, yuqori malakali kadrlarni yetkazib berishdan iborat.
Rivojlangan davlatlardagi tibbiy ta’lim sohasiga e’tibor berilsa, ta’limni, tibbiyot tizimi bilan intiegratsiyasini ko’rish mumkin. Yani, bizning ta’lim amaliyotimiz - yuqori sifatli tibbiyot texnologiyasidir. Shu asosda CAMU tibbiyot universiteti Belarusiya, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Koreya davlatlari bilan o’zaro hamkorlik shartnomalarni imzoladi.
Shartnomalarga muvoffiq tuzilgan “Yo’l xaritasi“ si asosida belgilangan pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning xorijiy davlatlarda stajirovkadan o’tishini yo’lga qo‘yish, kafedraning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirishga komaklashish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.
Kafedraning xalqaro aloqalari
Central Asian Medical University Pediatriya Kafedrasida joriy yilning avgust oyida xalkaro xamkorlik buyicha namunaviy ish rejasi tuzildi. Ushbu reja asosida noyabr oyiga kadar kuyidagi ishlar amalga oshirildi.
Central Asian Medical University Pediatriya kafedrasi mudiri D.K.Kabilova va Farg‘ona viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Sh.B.Qo‘chqorov birgalikda Turkiya davlatiga safar uyushtirdilar. Bu safardan maqsad Pediatriya kafedrasida assistent sifatida faoliyat olib borayotgan VBKTTM ning shifokorlarini malakalarini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etish hisoblangan. FVBKTTM hamda Pediatriya kafedrasi tomonidan 3 ta nufuzli xorijiy universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi:
Kafedralar o‘rtasida akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va professor-o‘qituvchilar stajirovkalari bo‘yicha hamkorlik kelishuvi ishlab chiqildi. Mazkur universitet bilan hamkorlikda talabalar uchun qo‘shma seminarlar va onlayn master-klasslar tashkil etish rejalashtirildi.
Bundan tashqari xamkorlik asosida kafedra assintenti I.Sayramov 100 soatlik (Training of Pediatric Cardiosurgery) dasturi buyicha 10 ish kunlik malaka oshirish kurslariga yuborildi.
Central Asian Medical University Pediatriya kafedrasi va Turkiya davlati Istambul shaxrida joylashgan Medipol Mega Hospital Üniversitesi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu xamkorlik asosida quyidagi kelishuv rejalashtirildi:
Kafedralar o‘rtasida akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va professor-o‘qituvchilar stajirovkalari bo‘yicha hamkorlik kelishuvi ishlab chiqildi. Mazkur universitet bilan hamkorlikda talabalar uchun qo‘shma seminarlar va onlayn master-klasslar tashkil etish rejalashtirildi.
Central Asian Medical University Pediatriya kafedrasi va Turkiya davlatining Istambul shaxrida joylashgan Biruni Hospital Üniversitesi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu xamkorlik asosida quyidagi kelishuv rejalashtirildi:
Kafedralar o‘rtasida akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va professor-o‘qituvchilar stajirovkalari bo‘yicha hamkorlik kelishuvi ishlab chiqildi. Mazkur universitet bilan hamkorlikda talabalar uchun qo‘shma seminarlar va onlayn master-klasslar tashkil etish rejalashtirildi.
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID:
Telefon: (+998) 90-584-06-03
Kabilova Dilbar Kamilovna 1961 yil 17 yanvarda Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumanida tug’ilgan. 1984 yilda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetini tamomlagan.
Kabilova Dilbar Kamilovna mehnat faoliyatini 1984 yil boshlagan. 1978-1984 yillar Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi,1984-1985 yillar Qo‘qon shaxar bolalar shifoxonasi: shifokor-internatura, 1985-1988...