Kafedraning asosiy maqsadi
Kafedraning asosiy maqsadi talabalarni jarrohlik kasalliklari, ularning etiologiyasi, patogenezi, diagnostikasi va davolash usullari bo‘yicha tizimli va chuqur bilimlar bilan ta’minlashdan iborat. Shu bilan birga, talabalarda bemorning umumiy holatini baholash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish, optimal davolash strategiyasini tanlash hamda operativ aralashuvlar natijalarini prognoz qilish kabi muhim klinik ko‘nikmalarni shakllantirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Kafedra zamonaviy tibbiyot yutuqlarini, xususan minimal invaziv jarrohlik texnologiyalari, raqamli tibbiyot yechimlari va sun’iy intellekt elementlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, talabalarda shifokorlik etikasi, kasbiy mas’uliyat va uzluksiz ta’limga tayyorlikni rivojlantirish muhim yo‘nalishlardan biridir.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar majmuasi jarrohlikning fundamental asoslari va klinik yo‘nalishlarini to‘liq qamrab oladi. Ta’lim jarayoni umumiy xirurgiya fanidan boshlanib, unda talabalar aseptika va antiseptika qoidalari, jarrohlik texnikasi asoslari hamda bemorlarni operatsiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi parvarish tamoyillarini o‘rganadilar.
Keyingi bosqichlarda klinik xirurgiya, abdominal va torakal xirurgiya chuqur o‘rgatiladi. Shu bilan birga, zamonaviy yo‘nalishlar — endoskopik va minimal invaziv jarrohlik texnologiyalari ham ta’lim dasturiga kiritilgan. Talabalar shoshilinch tibbiy yordam, travmatologiya, anesteziologiya va reanimatologiya asoslari bo‘yicha ham zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Ta’lim jarayoni nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish asosida tashkil etilgan bo‘lib, bu talabalarni real klinik faoliyatga puxta tayyorlash imkonini beradi.
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID:
Telefon: +998908485211
Botiraliyev Aziz Shukurjonovich 1982 yil 18 yanvarda Farg’ona viloyati, Beshariq tumanida tug’ilgan. 2004 yil Andijon Tibbiyot instituti Davolash ishi yo’nalishini tamomlagan.
Botiraliyev Aziz Shukurjonovich mehnat faoliyatini 2007-2019 RShTTYoIMFF abdominal xirurgiya bo’limi vrachi sifatida boshlagan, 2019-2022 yillari - Moskva shaxrining A.V. Vishnevskiy nomli xirurgiya markazida as...