UZ RU EN    

Yuqumli kasalliklar va dermatovenerologiya

Yuqumli kasalliklar va dermatovenerologiya

«Yuqumli kasalliklar va dermatovenerologiya» kafedrasi 2025 yil avgust oyida Central Asian Medical University - Xalqaro tibbiyot universiteti qoshida tashkil topdi. Ayni vaqtda ushbu kafedrani XakimRaxmatillo Abdusalomovich boshqarib kelmoqda.
Hozirgi kun kafedrada asosiy shtatda 1 nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar assistant o’qituvchilar hamda 1 nafar kabinet mudirasi faoliyat olib borishmoqda.

Kafedraning asosiy vazifasi

Kafedraning asosiy vazifasi — aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutuvchi yuqumli kasalliklar hamda dermatovenerologiya yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, yuksak kasbiy mahorat va axloqiy fazilatlarni mujassam etgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra faoliyati davomida talabalarni klinik oldi va klinik fanlar asosida o‘qitish, yuqumli kasalliklar, teri va tanosil kasalliklarini erta aniqlash, samarali davolash va profilaktika choralarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha chuqur bilim berishga alohida e’tibor qaratiladi.
Rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda ta’lim, ilmiy izlanish va amaliy tibbiyot integratsiyasini kuchaytirish kafedraning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda kafedra xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning mustaqil fikrlash va klinik tafakkurini shakllantirish orqali yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash kafedraning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

Kafedraning xalqaro aloqalari

Kafedra a’zolari quyida keltirilgan chet el davlatlari o‘quv yurtlari bilan muntazam aloqalarni yo‘lga qo‘ygan:
• Qirg‘iziston tibbiyot oliygohlari
• Kursk davlat universiteti

Kafedrada yo‘lga qo‘yilgan ilmiy ishlar va yo‘nalishlar

Kafedrada yuqumli kasalliklar, dermatovenerologiya, hamda epidemiologiya yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Ilmiy tadqiqotlar yuqumli kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash, davolash va profilaktika masalalariga qaratilgan.
Hozirgi kunda barcha modullar bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy talablar darajasidagi asbob-uskunalar va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan. Bu esa talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali olib borishga xizmat qilmoqda.

Joriy yildan buyon kafedra quyidagi natijalarga erishdi:

• Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra kafedra o‘qituvchilarining nashrlarga iqtiboslari 30 ta;
• Xalqaro ilmiy jurnallarda (“Veb of Sciyencye”, “Scopus” bazasiga va OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda) chop etilgan maqolalar 15 tani, Xalqaro ilmiy konferensiyalardagi tezislar 10 tani tashkil etdi;
• Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar (OAK) 15-ta, respublika xalqaro anjumanlari va konferensiyalardagi maqolalar 20 tani tashkil etdi.

Kafedra mudiri
  • Teacher

    Lavozim: Kafedra mudiri

    ORCID:

    Telefon: (+998) 90 232-35-99

    Xakimov Raxmatillo Abdusalomovich 1963-yil Farg‘ona viloyatida Oxunboboyev Tumanida tug’ilgan.1984-1991-yillari Ikkinchi Toshkent davlat institutida Sanitariya -gigiyena yo’nalishini bitirgan.
    Mehnat faoliyatini 1994-2003-yilgi Farg`ona shahar DSEMM mehnat faoliyatini davom ettirgan. 2003-2006 yilgacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot insitutida o`qituvchi. 2006-2018 yilgacha Marg`ilon 2-tibbiyot kollejida direktor. 2020-2022–yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot insitutida o`qituvchi. 2022-2025-yillarda Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti dekan o’rinbosari.
    2025-yildan buyon Yuqumli kasalliklar va dermatovenerologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

O'qituvchilar
  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: 91- 174 – 99 - 44

    Qodirov To’lqinjon Хaliqovich 1990 yil 12-yanvarda Farg’ona viloyati Marg’ilon shaxrida tug`ilgan. 2006-2009 yilda Marg’ilon shaxaridagi 1-Marg’ilon Tibbiyot kollejini a’lo baxolarga tugatgan. 2010-2011 yilda Jizzax shaxridagi markazi xarbiy okrukda 03195 xarbiy qisimda pulyumyotchik ...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: 98- 575-21-45

    Sharipov Alisher Urmanovich 1972 yil 21 sentyabrda Farg`ona viloyati Farg‘ona shahrida tug`ilgan.
    1996 - yilda Andijon Davlat meditsina institutida Davolash ishi fakultetini tamomlagan. 1997- yilda Andijon Davlat meditsina instituti “Dermatovenerologiya” mutaxassisligi bo’yicha inte...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: +998 91 670 54 25

    Boyigitov Sultonali Sodiqovich 1972 yil 20 yanvar Rishton tumani Qayrag‘och qishlog‘ida tavallud topganman. Oilada 9-farzandman. 1989 yilda Rishton tamunidagi Ushinskiy nomli 10 maktabni tugatganman. 1990 yilda O‘rta Osiyo Pediatriya institutiga o‘kishga kirib 1996 yil tamomlaganman.
    ...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: 91-325-11-89

    Yo’ldasheva Guldasta Raxmatovna 1987 yil 18- yanvarda Farg`ona viloyati Farg’ona tumanida tug`ilgan.
    2013 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakultetini tugatgan. 2018 yil Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti”Davolash jismoniy tarbiya va sport tibbiyoti”mutaxasis...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: (+998) 90 3011133

    Begmatov Islomjon G’aniyevich 1990-yil 12-dekabrda Farg`ona viloyati Beshariq tumanida tug`ilgan.
    2017-yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Pediatriya ishi yo’nalishini tamomlagan. 2020-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Dermatovenerologiya” mutaxassisligi bo’yicha ordenatura ...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: (+998) 97 210-37-91

    Xolmatov Murodjon Sobirovich 1989-yil 19-fevralda Farg`ona viloyati Oxunboboyev tumanida tug`ilgan.
    2017-yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Davolash fakulteti Davolash ishi yo’nalishini tamomlagan. 2024-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Dermatovenerologiya” mutaxassisligi bo’yi...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: (+998) 93 980 06 68

    Kamalov Azizbek Ruzalievich 1986-yil 15-oktyabrda Farg`ona viloyati Fargona shaxrida tug`ilgan.
    2010-yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti davolash ishi yo’nalishini tamomlagan. 2013-yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti “Dermatovenerologiya” mutaxassisligi bo’yicha magistratura ...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: 90- 532-18-34

    Mo'minov Qosimjon Axmedovich 1966 yil 16 avgustda Farg`ona viloyati Qo’shtepa tumanida tug`ilgan
    1992 yilda Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetini tugatgan. 1993 yilda Andijon davlat tibbiyot instituti anesteziolog reanimatolog internatura tamomlagan.
    Mo'minov Qosimjon ...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: 99- 349-89-43

    Akqarov Abrorjon Adhomjonovich 1988 yil 20 iyunda Namangan viloyati Norin tumanida tug`ilgan 2016 yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti davolash ishini tugatgan. 2022 yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Yuqumli kasalliklar ordinatura yo`nalishini tamomlagan. Askarov Abrorjon Adhomjonovich ...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: 90- 291-05-45

    Raxmatov Sardorbek Avazbekovich 1990 yil 6 noyabrda Farg`ona viloyati Fargʻona shahrida tug`ilgan
    2016 yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti pediatriya ishini tugatgan. 2019 yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Dermatovenerologiya ordinatura yo`nalishini tamomlagan. Raxmatov Sardorbek A...

  • Teacher

    Lavozim: O‘qituvchi

    ORCID:

    Telefon: 90- 408-60-12

    Kazimova Sevara Baxtiyorovna 1987 yil 29 avgustda Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida tug`ilgan
    2012 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Farg`ona Filiali Tibbiy profilaktika ishini tugatgan. 2025 yilda Farg`ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti Epidemiologiya ordinatura yo`nalishini tamom...