Kafedraning asosiy vazifasi
Kafedraning asosiy vazifasi – xalqparvar davlatning eng asosiy maqsadi bo’lmish-kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirishda o’z hissasini qo’shish bilan birga, chuqur bilim va malakaga, yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo’lgan raqobatbardosh kadrlarni tayorlash, o’z mutaxassisliklarining moxir ustasi bo’lishlarida asosiy klinik oldi va klinik modullarni o’qitish orqali yurtimizga munosib, yuqori malakali kadrlarni yetkazib berishdan iborat.
Rivojlangan davlatlardagi tibiy ta’lim sohasiga e’tibor bersak, ta’limni tibbiuot tizimi bilan itnegratsiyasini ko’rish mumkin. Yani, ta’lim, amaliyot-yuqori sifatli tibbiyot texnologiyasidir. Shu asosda CAMU tibbiyot universiteti Belarusiya, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Koreya davlatlari bilan o’zoro hamkorlik shartnomalarni imzoladi.
Shartnomalarga muvoffiq tuzilgan “Yo’l xaritasi“ si asosida belgilangan pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning xorijiy davlatlarda stajirovkadan o’tishini yo’lga qo‘yish, kafedraning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirishga komaklashish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.
Kafedraning xalqaro aloqalari
Kafedra a’zolari quyida keltirilgan chet el davlatlari o’quv yurtlari bilan muntazam aloqalarni yo’lga qo’ygan:
• Qirg’iziston OshDU tibbiyot fakulteti
• Qozog’iston Isfandiyor nomli Qozog’iston milliy universiteti tibbiyot fakulteti
• Rossiya Federatsiyasining Qozon shahar tibbiyot universiteti
• Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasi Neft-texnika universiteti
• Xitoy xalq Respublikasi Vanjou tibbiyot kolleji
• Ispaniyaning Santyago de Compostela universiteti
• Avstriyaning Zalsburg shahridagi Open Medical institute
• Yaponiyaning Xirosima universiteti tibbiyot fakulteti
Lavozim: Kafedra mudiri
ORCID:
Telefon: (+998) 90-560-97-13
Mamasaidov Jamolidin Turginbayevich 1961-yil 7-yanvarda Farg’ona viloyati Yozyovon tumanida tug’ilgan. 1978-1984-yillarda O’rta Osiyo meditsina pediatriya institutini Pediatriya ishi yo’nalishini, 1984-1985-yilda Andijon tibbiyot instituti qoshidagi Farg’ona shahar birlashgan bolalar shifo...